Live
5
O'zbek

Behruz Karimov barcha ustozlariga 5 000 dollardan minnatdorchilik «konvertini» topshirdi

Futbol
21 avgust, 09:34
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi faoliyatini Shveysariya chempionatida davom ettiradi.
Behruz Karimov barcha ustozlariga 5 000 dollardan minnatdorchilik «konvertini» topshirdi
Foto: UFA

Xorijga jo‘nab ketishdan avval Karimov bugungi darajasiga yetib kelgunga qadar faoliyatida muhim rol o‘ynagan insonlarga minnatdorchilik bildirdi.

«Kecha «Lugano» Konferensiyalar ligasining so‘nggi saralash bosqichining birinchi o‘yinida «Makkabi Tel Aviv» jamoasini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Oldinda javob o‘yini. Kecha tunda Behruz Karimov faoliyatida muhim rol o‘ynagan barcha ustozlarini yig‘ib duo oldi va «Football Group» bilan birgalikda ularning har biriga 5 000 $ dan minnatdorchilik «konvertini» berdi.

6 yoshidan to bugungi kunigacha uning muvaffaqiyatida mehnat qilgan Shodmon aka, Rahim aka, Zayniddin aka, Jahongir aka, Stanislav aka va JCHga borishida yaxshigina mehnat qilgan shifokor Dilshod akaga keyingi transferidan mashinalar berish nasib qilsin.

O‘ylamang, futbolchi yoki kompaniya juda ko‘p pul ishlabdi deb. Unday emas. Oz, ammo barakali bo‘lsin dedik. Hozirdan duoni kattasini olaylik dedik.

Biz o‘rganib qolganmiz, futbolchini katta qiladiganlar qolib, tayyoriga ega chiqadiganlar rohatini ko‘rishiga. Bizda unday bo‘lmaydi, mehnat qilgan har bir murabbiy kelajakda o‘z haqqini oladi!», - deb yozadi Nodirxo‘ja Yo‘ldoshev.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar