«Atletiko» Londonning «Chelsi» klubi bilan hujumchi Nikola Jekson transferi borasida muzokaralarga kirishdi.
«Matraschilar» senegallik futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni maqsad qilgan. Muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.
Avvalroq, forvardga «Aston Villa» klubi asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgan edi, ammo hujumchi Madrid varianti paydo bo‘lgach, shoshilmaslikka qaror qilgan. Birminghemliklar ustozi Unai Emerining o‘zi Jeksonni tarkibida ko‘rishni istamoqda. Murabbiy va forvard avvalroq «Vilyarreal»da birga ishlagan.
O‘tgan mavsumda Jekson «Bavariya» safida ijara asosida to‘p tepdi. U myunxenliklar libosida barcha musobaqalarni inobatga olganda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma yetkazib berdi. Yozda hujumchi Senegal milliy jamoasi tarkibida JCH-2026da 4 bahsda maydonga tushib, 1 golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, «Atletiko» La Liga 2026/27-yilgi mavsumining 1-turida «Malaga»ni mag‘lub etdi (2:0). Diyego Simeone jamoasi keyingi o‘yinni 23-avgust kuni «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.