Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) intizom qo‘mitasi Argentina futbol assotsiatsiyasini (AFA) JCH-2022 finalidagi qoidabuzarliklar uchun 321 ming AQSH dollari (275 ming yevro) miqdorida jarimaga tortdi. Shuningdek, «albiseleste» yaqin ikki uy uchrashuvini 50 foiz cheklangan miqdordagi tomoshabinlar bilan o‘tkazadi.
Bayonotda ta’kidlanishicha, 321 ming dollardan 100 ming dollari (85 ming yevro) kamsitishlarga qarshi kurashga yo‘naltirilishi lozim. Ayni paytda sanksiyalarning bir qismi (100 ming dollar jarima va tomoshabinlar soni cheklangan bitta o‘yin) sinov muddati sharti bilan to‘xtatib turilgan.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati finalidan so‘ng Argentina milliy jamoasining bir necha futbolchisi, jumladan, Leandro Paredes, Tyago Almada, Nauel Molinalar ispan futbolchilari bilan kelishmovchilikda qatnashgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi