Yarimhimoyachi Aleksey Batrakov «Galatasaroy» bilan shartnoma imzolaganidan so‘ng, turk klubining YouTube kanali uchun intervyusida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yevropada o‘ynash va Chempionlar ligasida qatnashish mening orzum edi. Jamoaning birgalikda sovrinlarni qo‘lga kiritishiga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Maqsadim — jamoaga kuboklarni yutishda va chempionatdagi peshqadamlikni saqlab qolishda yordam berish. Muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi va qiziqishi meni juda xursand qiladi. Maydonda o‘zimning eng eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatishim kerak», - dedi Batrakov.
«Galatasaroy» prezidenti Dursun Aydin O‘zbek ham quyidagilarni ta’kidladi:
«Uning «Galatasaroy»ni kuchaytirib, muvaffaqiyatlarimizga, ayniqsa, Chempionlar ligasi va chempionatda, katta hissa qo‘shishiga ishonamiz. Men uni «Galatasaroy»da ko‘rishdan xursandman. Umid qilamanki, u jamoamizga uzoq yillar xizmat qiladigan ukamizga aylanadi. Uning muvaffaqiyat qozonishiga ishonaman. Unga «Galatasaroy» safida omad tilayman».