Bugun
34
O'zbek

"Galatasaroy" Sarr uchun "Kristal Pélas"ga rasmiy taklif yubordi

Futbol
19 avgust, 15:54
Sarr 2024 yil avgustidan buyon "burgutlar" sharafini himoya qilmoqda.
"Galatasaroy" Sarr uchun "Kristal Pélas"ga rasmiy taklif yubordi
Фото: Getty Images

"Galatasaroy" klubi "Kristal Pélas" vingeri Ismoil Sarrni tarkibiga qo‘shib olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, senegallik 28 yoshli futbolchi Turkiya klubi bilan muzokaralar olib borishga qarshi emas. Biroq transferning amalga oshishi "Kristal Pélas"ning pozitsiyasiga bog‘liq. Ingliz klubi Sarrni jamoa uchun muhim futbolchi deb hisoblaydi va uni osonlikcha qo‘yib yubormoqchi emas.

Ma'lumot uchun, Sarr 2024 yil avgustidan buyon "burgutlar" sharafini himoya qilmoqda. O‘tgan mavsumda futbolchi jamoa safida barcha turnirlarda 45 ta uchrashuvda 21 ta gol urg‘an.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
Bugungi yangiliklar