Bugun
34
O'zbek

"Manchester Siti" Konega e'tibor qaratdi

Futbol
19 avgust, 16:32
Avvalroq ungaga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirgan edi.
"Manchester Siti" Konega e'tibor qaratdi
Фото: Getty Images

"Roma" yarimhimoyachi Manu Kone faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "shaharliklar" fransuz 25 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olishga jiddiy kirishgan. Klub Rodri va Tianiy Reynders yo'qotdi. Natijada klub markaziy yarimhimoyani kuchaytirish yo'lida Konega e'tibor qaratdi.

Qayd etilishicha, "bo'rilar" futbolchini taxminan 59 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. Avvalroq ungaga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Ma'lumot uchun, Kone so'nggi ikki yildan beri "Roma" sharafini himoya qilib kelmoqda. U Italiya chempionatida 63 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urg'an.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar