Live
2
O'zbek

"Galatasaray" Sørloth uchun kurashga qo'shildi

Futbol
19 avgust, 17:32
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi.
"Galatasaray" Sørloth uchun kurashga qo'shildi
Фото: Getty Images

"Galatasaray" klubi "Atletico" hujumchisi Alexander Sørlothga qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.

Shuningdek, "Nyukasl" klubi norvegiyalik 28 yoshli forvardni o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Galatasaray" esa Sørloth uchun "qarğalar" bilan raqobatlashishiga to'g'ri keladi.

O'z navbatida "Atletico" futbolchini o'z tarkibida saqlab qolishni istaydi.

O'tgan mavsumda Alexander La Ligada Madrid jamoasi safida 35 ta uchrashuvda 13 ta gol urgan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning ayni paytdagi bozor qiymati 18 million yevroni tashkil qiladi.

Bugungi yangiliklar