Live
2
O'zbek

Rasman: Moreira – "Milan" futbolchisi

Futbol
19 avgust, 17:27
"Milan" Moreiraning transferiga 50 million yevro to'laydi.
Rasman: Moreira – "Milan" futbolchisi
Фото: Milan

"Milan" klubi vinger Diego Moreirani o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi.

Italiya klubi belgiyalik 22 yoshli futbolchi bilan qancha muddatga shartnoma imzolagani ma'lum emas. Qayd etilishicha, "Milan" Moreiraning transferiga 50 million yevro to'laydi.

Bundan tashqari, shartnomada yana 16 million yevro bonuslar va futbolchining keyingi transferi uchun ulush ham ko'zda tutilgan.

Ushbu transfer "Strasburg" tarixidagi eng qimmat sotuv bo'ldi. "Milan" esa Moreirani tarkibni kuchaytirish uchun muhim qo'shimcha sifatida baholamoqda.

Qizig'i, mazkur transferdan "Chelsea" ham moliyaviy manfaat ko'radi. Moreira 2024 yilda "Chelsea"dan "Strasburg"ga o'tgan edi va londonliklar futbolchining keyingi transferidan sezilarli miqdorda ulush olish huquqiga ega.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar