Live
3
O'zbek

Nkunkuga Bundesligadan xaridor bor

Futbol
18 avgust, 12:14
«Milan» futbolchisi Kristofer Nkunku faoliyatini «Leypsig» klubida davom ettirishi mumkin.
Nkunkuga Bundesligadan xaridor bor
Foto: Gettyimages

Nemis klubi futbolchining qaytishiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘z sahifalarida. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Leypsig» allaqachon 28 yoshli hujumchini ijaraga olish taklifini bergan.

Qayd etilishicha, futbolchining o‘zi hali kelajagi haqida bir qarorga kelmagan. Fransuz barcha mavjud variantlarni o‘rganib chiqib, shundan keyingina faoliyatini qayerda davom ettirishi haqida yakuniy qaror qabul qilish niyatida.

Avvalroq «Milan» bu yozda hujumchi bilan xayrlashishga tayyor ekani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, Nkunku 2019-yildan-2023-yilgacha aynan «Leypsig» safida o‘ynagan, shundan so‘ng Londonning «Chelsi» jamoasiga o‘tgan. U «Milan» safida 2025-yilning yozidan buyon to‘p tepmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Leypsig Leypsig
  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar