Fabio Borini futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.
«Hammasi bir parvozdan boshlangan edi. Rahmat, «Chelsi».
Men 16 yoshda edim. Futboldagi yo‘limni boshlar ekanman, butun parvoz davomida ko‘zlarimda yosh bilan o‘tirdim. Bu yo‘l meni qayerga olib borishini aniq tasavvur qilmasdim, faqat amalga oshirishni istagan orzularim bor edi.
O‘sha kundan boshlab o‘zimni shakllantira boshladim. Bunday kuchli xarakterga ega bola oxir-oqibat kim bo‘lishini bilmasdim. Orzularimni xayolimda yarata boshladim va qandaydir tarzda ularni voqelikka aylantira oldim. Bugun esa o‘sha voqelik abadiy o‘zgaradi.
Mening o‘tmishim, bugunim va kelajagimni shakllantirgan voqelik. Bugun ham Londonga uchadigan samolyotga ilk bor o‘tirgan kunimdagidek, oldinda meni kutayotgan narsalar oldidan xuddi shunday hislarni tuyyapman.
Qo‘rquv. Baxt. Jasorat. Mavhumlik. Orzular. Muvaffaqiyat. Ishtiyoq. Qurbonliklar.
Hech qachon ishonishdan to‘xtamagan o‘sha bolaga rahmat aytmoqchiman. Bugungi men bo‘lgan inson ham keyingi imkoniyatga ishonishda davom etadi — bu safar oyoqlarida to‘psiz, ammo xuddi o‘sha ishonch bilan. Har doim.
RAHMAT. RAHMAT, FUTBOL», — deb yozdi Borini.
Italiyalik hujumkor futbolchi 35 yoshda. U faoliyati davomida «Chelsi», «Suonsi», «Parma», «Roma», «Liverpul», «Sanderlend», «Milan», «Verona», «Fotih Karagumruk», «Sampdoriya» va «Salford» klublarida o‘ynagan.
Shuningdek, Fabio Italiya milliy jamoasi safida 1 ta o‘yin o‘tkazgan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi