Live
1
O'zbek

Paredes Messiga: «Sening askarlaringdan biri bo‘lganim — men uchun sharaf»

Futbol
8 oktabr, 12:04
    9
Argentina yarimhimoyachisi milliy jamoa bilan xayrlashgan sardorga ta’sirli post yozdi.
Paredes Messiga: «Sening askarlaringdan biri bo‘lganim — men uchun sharaf»
Foto: Getty Images

Argentina yarimhimoyachisi Leandro Paredes milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan Lionel Messi bilan xayrlashdi.

«Barchasi uchun rahmat, sardor 💙.

Sen bilan birga barcha yutuqlarga erishish, bu libosda mamlakatimizni yonma-yon himoya qilish — mening orzum edi. Seni sog‘inaman, seni doimo sog‘inamiz 💙🇦🇷.

Yillar davomida jamoadagi askarlaringdan biri bo‘lganim men uchun sharaf edi va doimo shunday bo‘lib qoladi! Seni yaxshi ko‘raman, do‘stim», — deb yozdi Paredes ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

9 izoh +8 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar