Angliya milliy jamoasining sobiq sardori Gari Lineker Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu atrofidagi vaziyat haqida fikr bildirdi. Avvalroq 41 yoshli futbolchi bosh murabbiy Jorje Jezus bilan kelishmovchilik sabab milliy jamoa ixtiyorini tark etgandi.
Linekerning fikricha, Ronaldu faoliyatining yakunida munosib xayrlashuvga ega bo‘lishi kerak. U argentinalik Lionel Messining milliy jamoadagi so‘nggi bahsidan keyingi xayrlashuvini misol qilib keltirdi.
«Bu biroz achinarli, chunki u ajoyib futbolchi bo‘lgan. Oxir-oqibat, besh yoki o‘n yildan keyin bu voqeani hech kim eslamaydi. Biz faqat uning naqadar buyuk futbolchi bo‘lganini eslaymiz.
Ammo Messining Argentina milliy jamoasi bilan xayrlashuviga qarasak, u juda chiroyli bo‘ldi. Menimcha, Krishtianu ham xuddi shunday xayrlashuvga loyiq», — deya Linekerning so‘zlarini keltiradi Sky Sports News.
Ma'lumot uchun, Messi 7-oktabr kuni Beninga qarshi bahsda Argentina milliy jamoasi safidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Argentinaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozongan bahsda hujumchi gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi