Bugun
10
O'zbek

Ronaldo Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini tark etgani uchun 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin

Futbol
8 oktabr, 03:10
Krishtianu FIFA kunlari yakunlanmasdan bosh murabbiy bilan kelishmovchilik sabab milliy jamoa qarorgohini tark etgandi.
Ronaldo Portugaliya milliy jamoasi yig‘inini tark etgani uchun 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Foto: Getty Images

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldo Portugaliya milliy jamoasi qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani uchun 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ronaldoga nisbatan Portugaliya Futbol Federatsiyasi intizom reglamentining 160-moddasi asosida intizomiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddaga ko‘ra, «muntazam ravishda milliy jamoaga chaqiriladigan va uzrli sababsiz milliy jamoaning mashg‘uloti, uchrashuvi yoki tadbirini tark etgan» futbolchi 1 oydan 6 oygacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, agar u professional futbolchi bo‘lsa, 510 yevrodan 1020 yevrogacha jarimaga tortiladi.

Avvalroq 41 yoshli hujumchi milliy jamoa qarorgohini tark etish sabablarini tushuntirgandi. Uning aytishicha, bosh murabbiy Jorge Jezus portugaliyalik futbolchiga bergan va’dasini buzgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Bugungi yangiliklar