Bugun
10
O'zbek

Sobiq hakam: «Messi hech qachon hakamlarni aldashga urinmagan, u eng oliyjanob futbolchilardan biri edi»

Futbol
8 oktabr, 04:00
Eduardo Iturralde González Lionelni maydonda hech qachon simulyatsiya qilmagani uchun e’tirof etdi.
Sobiq hakam: «Messi hech qachon hakamlarni aldashga urinmagan, u eng oliyjanob futbolchilardan biri edi»
Foto: Getty Images

Sobiq hakam Eduardo Iturralde González Lionel Messini maydonda hech qachon simulyatsiya ishlatmagani uchun maqtab o‘tdi.

«Messining futbolchi sifatida kim bo‘lgani bir masala, hakamlar uchun qanday futbolchi bo‘lgani esa mutlaqo boshqa masala. U har bir uchrashuvda yiqilib yoki qoidabuzarlikni simulyatsiya qilib, 100 ming nafar muxlisni bizga qarshi qilishi mumkin edi, ammo u hech qachon bunday qilmadi. Lionel maydondagi eng oliyjanob futbolchilardan biri edi.

Uni qancha urishdi... Lekin u hech qachon ataylab yiqilishga harakat qilmasdi. Yangi futbolchilar, ayniqsa yoshlar undan o‘rnak olishlari kerak.

Messi hech qachon hakamni aldashga urinmagan. Tasavvur qiling, agar Leo Argentina milliy jamoasi safidagi o‘yinlarda shunday qilganida, butun uchrashuvni o‘zgartirib yuborgan bo‘lardi», — deya Iturraldening so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Avvalroq 39 yoshli hujumchi Argentina milliy jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuv (3:0)ini Beniniga qarshi o‘tkazgandi. Ma’lumot o‘rnida, Messi «kumushrang o‘lka vakillari» safida 208 ta uchrashuvda 126 ta gol va 70 ta assist qayd etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar