Argentina prezidenti Xavier Milei Lionel Messining milliy jamoadagi so‘nggi uchrashuviga munosabat bildirdi.
«Lionel Messi, senga katta rahmat! Hech qanday shubhasiz, sen tarixdagi eng buyuk futbolchisan. Messi, maydonda va uning tashqarisida bizga taqdim etgan barcha unutilmas lahzalaring uchun katta rahmat.
Sen butun dunyoga tinmay mehnat qilish orqali hatto imkonsizdek ko‘ringan narsalarga ham erishish mumkinligini ko‘rsatding. Messi — aqlbovar qilmas futbolchi! Olg‘a, Argentina!» — deb yozdi Milei X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, Messi «kumushrang o‘lka vakillari» safida 208 ta uchrashuvda 126 ta gol urgan. U jamoa bilan jahon chempionati va ikki marta Amerika kubogida g‘olib chiqqan. Shuningdek, Lionel ikki marta ushbu turnirda kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Avvalroq argentinaliklar o‘rtoqlik uchrashuvida Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etgani ma’lum qilingandi.