«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares Argentina milliy jamoasidagi so'nggi uchrashuvini o'tkazgan Lionel Messiga ta'sirli so'zlar bilan murojaat qildi.
Argentina milliy jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Beninni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Ushbu bahsdan so'ng urugvaylik futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda Messiga bag'ishlangan post e'lon qildi.
«Do'stim, bugun sen milliy jamoa futbolchisi sifatida rekordlar, buyuk lahzalar va unutilmas xotiralarga boy meros qoldirmoqdasan. Sen Janubiy Amerika va jahon futboli tarixidan joy olding.
Qayerda o'ynagan bo'lsang ham doimo o'z yo'lingni qoldirding. Shu bilan birga, raqiblaringga hurmat bilan munosabatda bo'lding. Aynan shu jihat seni yanada buyuk qiladi.
Erishgan barcha yutuqlaring bilan tabriklayman. Sen hech qachon taslim bo'lmading va chin dildan intilgan insonning orzulari haqiqatga aylanishi mumkinligini ko'pchiligimizga isbotlading.
Sen futbolchi sifatida barchaga namunasan, bunga hech qanday shubha yo'q. Shu bilan birga, ajoyib inson, jamoadosh va do'st bo'lib qolasan.
Rahmat, rahmat va yana rahmat! Sen bilan bir davrda yashash imkoni berilgani uchun abadiy minnatdorman. Men seni juda yaxshi ko'raman!» — deb yozdi Suares.
Ma'lumot o'rnida, Suares va Messi avval «Barselona»da birga to'p tepgan. Hozirda esa ular AQShning «Inter Mayami» klubida jamoadosh hisoblanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi