Live
1
O'zbek

Maradonaning shifokorlariga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin

Futbol
9 oktabr, 01:39
Prokuror 7 shifokorni afsonaviy futbolchining o‘limida ayblab, ularni ozodlikdan mahrum etishni talab qildi.
Maradonaning shifokorlariga 12 yilgacha qamoq jazosi berilishi mumkin
Foto: Getty Images

Argentina prokuraturasi Diego Maradonaga o‘limidan oldin tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokorlarni 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni talab qildi. Ayblov tomoni tibbiy jamoa tartibsiz ishlagani va bemorga zarur darajada parvarish ko‘rsatmaganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

2026-yil aprel oyidan buyon Maradonaning o‘limi bilan bog‘liq ish doirasida 7 nafar tibbiyot xodimi sudlanmoqda. Afsonaviy futbolchi 2020-yil 25-noyabr kuni bosh miyasidagi qon laxtasini olib tashlash bo‘yicha o‘tkazilgan operatsiyadan keyin tiklanayotgan paytda vafot etgan.

Ayblanuvchilar orasida futbolchining shaxsiy shifokori Leopoldo Lukke, psixiatr, psixolog, hamshiralar va tibbiy yordamni muvofiqlashtiruvchi mutaxassislar bor. Ular tibbiy yordam ko‘rsatishda jiddiy qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yganlikda ayblanmoqda. Barcha ayblanuvchilar o‘z aybini inkor etmoqda.

Yakuniy nutqi davomida prokuror Patrisiо Ferrari tibbiy jamoa ishining «tartibsiz tashkil etilgani» Maradonaning yordamsiz holatda qolishiga sabab bo‘lganini, amalda uni o‘z holiga tashlab qo‘yishganini bildirdi.

Prokurorning ta’kidlashicha, tibbiyot xodimlari «o‘z vazifalarini buzgan va bajarishlari shart bo‘lgan barcha choralarni ko‘rmagan».

Prokuratura eng og‘ir jazoni Maradonaning shaxsiy shifokori Leopoldo Lukke uchun so‘radi — uni 12 yilga ozodlikdan mahrum etish talab qilindi. Qolgan tibbiyot xodimlari uchun esa 4 yildan 10 yilgacha qamoq jazosi so‘raldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar