Bugun
36
O'zbek

Mendes O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi

Futbol
9 oktabr, 02:02
    11
Ispaniyalik mutaxassis yuragidagi muammolar sabab professional faoliyatini to‘xtatdi.
Mendes O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqdi
Foto: UFF

O‘zbekiston futzal milliy jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendes salomatligi bilan bog‘liq jiddiy muammolar sababli o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniyalik mutaxassis avgust oyining so‘nggi kunlaridan buyon yurak yetishmovchiligi bilan bog‘liq tibbiy ko‘rik va tekshiruvlardan o‘tib kelayotgandi. Dastlab Toshkentda ko‘rikdan o‘tgan «Pulpis» keyinchalik chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlar uchun Madridga yuborildi.

Ispaniyalik shifokorlar Mendesga ma’lum muddat professional faoliyatidan chekinish va jiddiy davolanish kursini o‘tashi zarurligini ta’kidlashdi.

Shu munosabat bilan murabbiy O‘zbekiston futzal federatsiyasi rahbariyatiga iste’foga chiqish to‘g‘risida murojaat qildi. Federatsiya rahbariyati mutaxassisning murojaatini atroflicha ko‘rib chiqib, uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan holda iste’fosini qanoatlantirdi.

O‘zbekiston milliy futzal jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi yuzasidan Federatsiyaning qarori haqida qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

11 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar