«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa bilan shartnomasini uzaytirganidan so‘ng dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbol murabbiylari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bu haqda La Vanguardia nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis yiliga taxminan 26 million yevro maosh oladi. Bungacha uning bir mavsumlik daromadi 17,3 million yevroni tashkil etgan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni «Al Hilol» bosh murabbiyi Simone Inzagi egallagan — uning yillik maoshi 25,7 million yevroni tashkil etadi. Uchinchi pog‘onada esa «Atletiko» ustozi Diego Simeone joylashgan bo‘lib, u yiliga 23,2 million yevro oladi.
Artetaning «Arsenal» bilan yangi shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi. Ispaniyalik mutaxassis 2019 yil dekabrdan buyon London klubini boshqarib kelmoqda va 2025/2026 yilgi mavsumda jamoani Angliya chempioniga aylantirdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi