Live
1
O'zbek

«Arsenal» Gokereshni qishda sotishi mumkin

Futbol
8 oktabr, 05:30
London klubi shved hujumchisining o‘yinidan qoniqmayapti va yanvarda keladigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin.
«Arsenal» Gokereshni qishda sotishi mumkin
Foto: Getty Images

«Arsenal» hujumchisi Viktor Gokereshning kelajagi borasida savollar paydo bo‘ldi. London klubi qishki transfer oynasida shved futbolchisi bo‘yicha keladigan takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda Football Insider xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Arsenal» Gokereshning jamoada o‘zini ko‘rsata olmayotganidan tobora ko‘proq xavotirga tushmoqda. Hujumchining Mikel Arteta jamoasining o‘yin tizimiga to‘liq mos kelmayotgani bunga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois «to'pchilar» yanvar oyida 27 yoshli futbolchi bo‘yicha boshqa klublardan keladigan takliflarni tinglashga tayyor. Biroq hozircha «Arsenal» Gokereshni sotish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Gokeresh ushbu mavsumda barcha turnirlar doirasida beshta bahsda maydonga tushdi. Shvetsiyalik hujumchi ushbu bahslarda birorta ham gol yoki golli uzatmaga mualliflik qilmadi.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Gokereshning transfer qiymatini 55 mln yevroga baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Gokeresh «Arsenal»ga o‘tganidan buyon jamoaning asosiy hujumchilaridan biri sifatida foydalanib kelinmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar