Bugun
10
O'zbek

Shavkat Rahmonov navbatdagi raqibi kim bo‘lishiga ishora qildi

MMA
8 oktabr, 04:30
Rahmonov tizzasidan olgan jarohati sababli 2024-yildan buyon oktagonga chiqmagan.
Shavkat Rahmonov navbatdagi raqibi kim bo‘lishiga ishora qildi
Foto: Getty Images

UFCning yarim o‘rta vazn toifasida ishtirok etuvchi qozog‘istonlik jangchi Shavkat Rahmonov navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.

31 yoshli sportchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Maykl Moralesga qarshi jang o‘tkazish istagini bildiradigan qisqa xabar qoldirdi. «19-0 vs 19-0», — deb yozdi Rahmonov.

Qayd etish lozim, har ikki jangchi ham professional MMA faoliyati davomida hali mag‘lubiyatga uchramagan. Shavkat Rahmonov hisobida 19 ta jang va 19 ta g‘alaba mavjud. Maykl Morales ham xuddi shunday natijaga ega.

Rahmonov tizzasidan olgan jarohati sababli 2024-yildan buyon oktagonga chiqmagan. Shu bois uning navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi bo‘lishi muxlislarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Morales esa avvalroq navbatdagi jangini yanvar oyida o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Hozircha ikki jangchi o‘rtasidagi ehtimoliy to‘qnashuv yuzasidan rasmiy xabar berilmagan. Shuningdek, ularning o‘zaro jangi uchun aniq sana ham belgilanmagan.

Bugungi yangiliklar