Live
1
O'zbek

«Barselona» 100 mln yevroga hujumchi olishi mumkin

Futbol
8 oktabr, 05:45
Kataloniya klubi «Benfika» safida to‘p tepayotgan Vangelis Pavlidisga qiziqish bildirmoqda.
«Barselona» 100 mln yevroga hujumchi olishi mumkin
Foto: Getty Images

«Barselona» va Londonning «Tottenhem» klublari «Benfika» hujumchisi Vangelis Pavlidisning transferiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur Daily Briefing manbasiga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 27 yoshli yunon hujumchisi uchun ehtimoliy transfer qiymati 100 mln yevroga baholanmoqda. Pavlidisning «Benfika» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Pavlidis Portugaliya klubida 2024-yil iyulidan buyon to‘p tepmoqda. U ushbu mavsumda mamlakat chempionatining 7 ta bahsida maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchi gollarining ikkitasini penaltidan kiritgan.

Ma'lumot uchun, Pavlidis avval Gretsiyaning «Vulverhempton», «Zvolye», «Villem II» hamda Germaniyaning «Boxum» klublari tizimida faoliyat olib borgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Benfica Benfica
Bugungi yangiliklar