«Barselona» rahbariyati jamoa himoyachisi Jyul Kunderning klubni tark etishini istamayapti. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.
27 yoshli fransiyalik futbolchi so‘nggi vaqtlarda kataloniyaliklarning asosiy tarkibidagi o‘rnini yo‘qotdi. Shu sababli uning yanvar oyidagi transferlar oynasida boshqa jamoaga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Biroq ma’lum bo‘lishicha, «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik Kundenning ketishini ma’qullamayapti. Germaniyalik mutaxassis himoyachini jamoada saqlab qolish tarafdori. Futbolchining o‘zi ham hozircha klubni tark etishga shoshilmayapti.
Qayd etish lozim, Kundenning xizmatlariga Londonning «Chelsi» klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali esa fransiyalik himoyachining transfer narxini 55 million yevroga baholagan.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniyaning uch karra chempioni hisoblangan Jyul Kundening «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Shu bois kataloniyaliklar futbolchining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qilishda shoshilmayotgani aytilmoqda.
Avvalroq Kunde «Barselona» asosiy tarkibiga qaytish uchun qo‘shimcha mashg‘ulotlarni boshlagani ma’lum qilingandi.