Birinchi o‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Madrimov 30 oktabr kuni Toshkent shahridagi «Humo Arena»da ozarbayjonlik bokschi Seymur Isayevga qarshi jang qiladi. Bu haqda Lift Promotions promouterlik kompaniyasi ma’lum qildi.
Qayd etish lozim, Madrimov (11-2-1, 7 ta nokaut) The Ring reytingida 69,9 kg vazn toifasida 4-o‘rinda bormoqda. U 2026-yilda ikkinchi marta jang o‘tkazadi. Bu safar bokschi o‘z yurtida ringga ko‘tariladi.
Madrimov so‘nggi jangini 24-yanvar kuni Las-Vegasda o‘tkazib, Luis David Salazarning 10 raundlik jangda hakamlarning yakdil qarori bilan mag‘lub etdi.
Ozarbayjonlik Seymur Isayev (15-2, 13 ta nokaut) esa faoliyatidagi uchta ketma-ket g‘alabadan so‘ng Madrimovga qarshi ringga ko‘tariladi. U Mark Urvanov va Volkan Gyo‘kchekka qarshi ketma-ket ikki jangda muddatidan avval mag‘lub bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Madrimov 2024-yil mart oyida Magomed Kurbanovni beshinchi raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etib, WBA versiyasi bo‘yicha birinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi