Bugun
10
O'zbek

Boks. Isroil Madrimov dominikanlik raqibini ochkolar evaziga mag'lub etdi

Boks
25 yanvar, 00:30
10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi.
Boks. Isroil Madrimov dominikanlik raqibini ochkolar evaziga mag'lub etdi
Foto: Getty Images

AQShning Las-Vegas shahrida "Matchroom Boxing" kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi tashkil etildi.

Ushbu jang kechasi doirasida o'zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov ham ringga ko'tarildi. Bu safar Isroilga Dominikan Respublikasi vakili Devid Luis Salazar raqib bo'ldi.

10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda Madrimov ochkolar evaziga g'alaba qozondi. Hakаmlar jangni bir ovozdan 99-91 hisoblarida baholadi.

Avvalroq Murodjon Ahmadaliev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov To'lqin Qilichevga Mercedes avtomobilini sovg'a qilishgandi.

Bugungi yangiliklar