Live
2
O'zbek

Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov To‘lqin Qilichevga Mercedes sovg‘a qilishdi

Boks
28 sentabr, 15:21
Bokschilar 1 oktabr munosabati bilan ustozlariga avtomobil berishdi.
Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov To‘lqin Qilichevga Mercedes sovg‘a qilishdi
Foto: Isroil Madrimovning instagramdagi sahifasidan

O‘zbekistonlik professional bokschilar Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov va Bahodir Jalolov ustozlari To‘lqin Qilichevga avtomobil sovg‘a qilishdi.

Bokschilar 1 oktabr — ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 42 yoshli mutaxassisga Mercedes berishdi.

To‘lqin Qilichev 2022 yil avgustida boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning qo‘l ostida jamoa 2023 yilda o‘tkazilgan jahon chempionati va 2024 yilda o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 2024 yilda Parijda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 5 ta oltin medal qo‘lga kiritishdi.

Osiyo boks konfederatsiyasi 2024 yilda To‘lqin Qilichevni qit’ada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topgan.

Bugungi yangiliklar