Bugun
36
O'zbek

«Real» Rodrigoni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmaydi

Futbol
9 oktabr, 04:04
Mourinio 25 yoshli vingерga to‘liq ishonadi.
«Real» Rodrigoni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqmaydi
Foto: Getty Images

Rodrigo ushbu mavsumni «Real»da o‘tkazadi.

Braziliyalik vinger tizzadagi xochsimon bog‘lamlar jarohatidan tiklanish jarayonini yakunlamoqda. Uning qishda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Madrid klubi 25 yoshli futbolchini ijaraga berish bo‘yicha tushadigan takliflarni ko‘rib chiqmoqchi emas. Bosh murabbiy Joze Mourinio Rodrigoga 100 foiz ishonch bildirmoqda.

Hujumkor o‘yinchi so‘nggi marta mart oyining boshida maydonga tushgan. O‘tgan mavsumda u La Ligada 19 ta bahsda ishtirok etib, 1 ta gol urgan va yana 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar