Aleks Fergyuson o‘lim borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Yaratgan menga nimalarni ravo ko‘rgani haqida uzoq o‘y suradiganlardan emasman va o‘limdan qo‘rqmayman. O‘lim haqiqatini har doim his qilib yashaymiz, hatto eng kutilmagan lahzalarda ham. Meni hayotdan imkon qadar ko‘proq narsa olish qiziqtiradi. Amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarim va birga vaqt o‘tkazishni istaydigan ko‘plab insonlarim bor.
Shunga qaramay, ba’zan o‘lim haqidagi o‘ylar xayolimga kelib qoladi. «Manchester Yunayted» «Old Trafford» o‘rniga yangi, zamonaviy stadion qurish rejalarini e’lon qilganida, o‘zimga bir savol berdim: uning ochilish marosimigacha yashay olamanmi?
Umid qilamanki, qurilish ishlarini tezroq boshlashadi. Chunki bu ishga 5 yil ketadigan bo‘lsa, mening yoshim 90 ga yaqinlashib qoladi. Biroq nima bo‘lgan taqdirda ham, o‘sha marosimda qatnashishimni bilaman — jismonan yoki ruhan», — deb yozgan «Manchester Yunayted»ning 84 yoshli sobiq bosh murabbiyi Games of My Life avtobiografik kitobida.
Fergyuson: «O‘limdan qo‘rqmayman, ammo «MYU»ning yangi stadionini ko‘rsam deyman»
Futbol
9 oktabr, 05:12
9
84 yoshli mutaxassis o‘z kitobida o‘lim borasida ham fikrlarini bildirgan.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi