Bugun
36
O'zbek

Fergyuson Gvardiola bilan bog‘liq eng katta afsusini aytdi

Futbol
8 oktabr, 14:00
    2
«MYU» sobiq bosh murabbiyi o‘z kitobida Pep bilan bo‘lgan tushlik kechikkani haqida yozgan.
Fergyuson Gvardiola bilan bog‘liq eng katta afsusini aytdi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o‘zining yangi «Games of My Life» kitobida 2012-yilda Pep Gvardiola bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida yozdi.

O‘sha yili ispaniyalik mutaxassis «Barselona» bosh murabbiyi lavozimini tark etgan va «Bavariya»ni boshqarishga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Fergyuson 2013-yilda «Manchester Yunayted»dan ketgan, Gvardiola esa «Bavariya»da uch yil ishlagandan so‘ng 2016-yilda «Manchester Siti» bosh murabbiyiga aylangan.

«So‘nggi 10 yil davomida Nyu-Yorkda Pep bilan 2012-yilda bo‘lib o‘tgan kechki ovqatimiz bir necha oy oldinroq tashkil etilganida, nima bo‘lardi, deb ko‘p o‘yladim. O‘sha paytda men hali faoliyatimni yakunlashga qat’iy qaror qilmagandim. Pep esa La Ligada atigi to‘rt yil ichida — trebl, chempionlik va Chempionlar ligasidagi g‘alaba orqali katta muvaffaqiyatlarga erishganidan so‘ng, Bundesligada «Bavariya» bilan o‘zini sinab ko‘rishni istashini aniq bilardi.

Agar vaqtni ortga qaytara olganimda, biz bir necha oy oldinroq kechki ovqat qilgan bo‘lardik. Men Tignanellodan (Italiya vinosi navi) ko‘proq quyib, uning kelajagi Manchesterda ekanligiga ishontirish uchun bor kuchimni sarflagan bo‘lardim. Afsus. Biz uchun uning kelajagi shu yerda bo‘lishi kerak edi»,
— deb yozgan Fergyuson.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar