Bugun
36
O'zbek

Jaka COVID-19 vaksinatsiyasi sertifikatini soxtalashtirgani uchun jazolandi

Futbol
8 oktabr, 15:35
Shveytsariyalik yarimhimoyachi shartli jarimaga tortildi.
Jaka COVID-19 vaksinatsiyasi sertifikatini soxtalashtirgani uchun jazolandi
Foto: Getty Images

«Sanderlend» futbolchisi Granit Jaka COVID-19 vaksinatsiyasi sertifikatini soxtalashtirgani uchun jazolandi.

Shveytsariya milliy jamoasi yarimhimoyachisi 8-oktabr kuni o‘ziga nisbatan olib borilgan tergov natijalarini e’lon qildi.

«Bir necha hafta oldin shaxsan bayonot berib, qarorim uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olishimni aytgan edim. Hozir ham o‘z pozitsiyamda qolaman. Prokuraturaga to‘liq ko‘rsatma berganimdan so‘ng, qaror chiqarildi.

Bila turib soxta rasmiy hujjat olganim uchun soddalashtirilgan tartibda 50 kunlik stavka miqdorida, har biri 3000 frankdan hisoblangan shartli jarimaga hukm qilindim. Sinov muddati ikki yil etib belgilandi. Bu shuni anglatadiki, agar ushbu muddat davomida yangi huquqbuzarlik sodir etmasam, jazo ijro etilmaydi. Sud jarayoni bilan bog‘liq xarajatlarni allaqachon to‘ladim.

Men qarorni qabul qilaman va o‘z zimmamga mas’uliyat olaman. So‘nggi haftalarda meni qo‘llab-quvvatlab yuborilgan ko‘plab xabarlar uchun rahmat. Ular men uchun juda qadrli»
, — deb yozdi Jaka ijtimoiy tarmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Sanderlend Sanderlend
Bugungi yangiliklar