Live
5
O'zbek

Kompani: «O‘tgan yili Bundesligada 1 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergandik — «Augsburg»ga qarshi»

Futbol
9 oktabr, 06:46
«Bavariya» klubi ustozi Bundesliga 5-turidan oldin fikrlarib bilan o‘rtoqlashdi.
Kompani: «O‘tgan yili Bundesligada 1 ta o‘yinda imkoniyatni boy bergandik — «Augsburg»ga qarshi»
Foto: Gettyimages

Germaniyaning «Bavariya» klubi bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya chempionati 5-turidan o‘rin olgan «Augsburg»ga qarshi uchrashuv haqida fikr bildirdi. Mazkur bellashuv 10-oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

«Bu juda muhim o‘yin. O‘tgan yili biz Bundesligada bor-yo‘g‘i bitta o‘yinda — aynan «Augsburg»ga yutqazib qo‘ygandik. Bundan tashqari, bu derbi, buning ustiga safarda. «Augsburg»ning o‘ziga xos xususiyati — juda zich o‘ynash va to‘pga egalik qilishda o‘ta xavfli harakat qilish qobiliyatidir. Ularda kuchli individual ijrochilar ko‘p — ko‘pchilik o‘ylaganidan ham ko‘proq. Ular mavsumni ajoyib boshlashdi. Bu derbi, muxlislar ham biz kabi uni intiqlik bilan kutmoqda», - deya Kompani so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Bavariya» matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, «Augsburg» Germaniya chempionati musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 4 ta o‘yinda 7 ochko to‘pladi. «Bavariya» esa 10 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar