«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska klub APLning moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgani haqidagi masala yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Rostini aytsam, shaxsan men mutlaqo xotirjamman. Klubning pozitsiyasi aniq va biz unga to‘liq ishonamiz. Atrofda bu mavzu bo‘yicha ko‘p gap-so‘zlar borligini tushunamiz, ammo biz uchun eng muhimi — o‘zimiz nazorat qila oladigan narsalarga e’tibor qaratish. Biz faqat maydondagi o‘yinni nazorat qila olamiz.
Hissiyotlar ajoyib. Futbolchilar oldinda turgan ikkita o‘yinni intiqlik bilan kutishmoqda. Ayniqsa, hozir turnir jadvalida peshqadam ekanimiz ularga katta ruh bag‘ishlamoqda. Futbolchilar aynan shu jihatga e’tibor qaratgan. Ular faqat o‘yin davomidagi voqealarga ta’sir ko‘rsata olishlarini tushunishadi. Shuning uchun boshqa masalalar ularni umuman bezovta qilmayapti.
Ular o‘z vazifalarini yaxshi bilishadi va atrofda shov-shuv ko‘pligini tushunishadi, ammo bunga ortiqcha ahamiyat berishmayapti. Hozir ularning bor o‘y-xayollari «Liverpul»ni qanday mag‘lub etish, «Enfild»dagi muxlislar qarshisida ham g‘alaba qozonish haqida», — deya Mareskaning so‘zlarini keltiradi ESPN.
APLning 6-turidan o‘rin olgan «Liverpul» — «Manchester Siti» o‘yini yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Mareska: «Mutlaqo xotirjamman. Futbolchilarning xayoli «Liverpul»ni qanday mag‘lub etishda»
Futbol
9 oktabr, 05:58
«Man Siti» ustozi klubning moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilganiga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images