Bugun
36
O'zbek

«Everton» sotuvga qoʻyildi

Futbol
9 oktabr, 04:47
    7
The Friedkin Group klubni yanada rivojlantirishni istaydigan xaridorlarning takliflarini koʻrib chiqishga tayyor.
«Everton» sotuvga qoʻyildi
Foto: Getty Images

«Everton» klubi The Friedkin Group kompaniyasining klubni sotish niyati borligi haqida bayonot eʼlon qildi.

«The Friedkin Group «Everton»ga investitsiya kiritishning yangi imkoniyatlarini, jumladan, klub aksiyalarining nazorat paketini sotish ehtimolini koʻrib chiqmoqda.

The Friedkin Group «Everton» egasiga aylanganida, klub moliyaviy noaniqlik, maydonda va undan tashqarida jiddiy muammolarga duch kelayotgandi.

Birinchi navbatdagi vazifa klubning kelajagi uchun zarur boʻlgan barqarorlikni taʼminlash, investitsiyalar kiritish va qoʻllab-quvvatlashdan iborat edi. Shuningdek, sodiq muxlislar uchun uzoq kutilgan stadion qurilishini yakunlashga yordam berish ham ustuvor vazifalardan biri boʻldi.

Endi, mustahkam poydevor yaratilganidan soʻng «Everton» tarixining keyingi bosqichi haqida oʻylash uchun ayni vaqt keldi.

Biz faqat klubning munosib egasi boʻla oladigan, uning yanada rivojlanishini taʼminlaydigan va erishilgan yutuqlarni mustahkamlay oladigan tomonlarning takliflarini koʻrib chiqamiz.

Ushbu jarayon davomida TFG kompaniyasining ustuvor yoʻnalishlari oʻzgarishsiz qoladi. Biz klubni futbol maydonida muvaffaqiyatga erishishi uchun har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz. Shuningdek, klub vakillik qiladigan jamoalar hayotida ijobiy oʻzgarishlar qilishga qaratilgan ishlarni ham davom ettiramiz
», — deyiladi klub bayonotida.

Den Fridkinga tegishli The Friedkin Group kompaniyasi 2024-yilda «Everton» klubini sotib olgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

7 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar