«Real Madrid» va Germaniya milliy jamoasining mashhur sobiq futbolchisi Toni Kroos tarixdagi eng yaxshi darvozabonlar TOP-5taligini e’lon qildi.
Sobiq yarimhimoyachining reytingida yetakchilik uning hamyurti Manuel Noyerga, ikkinchi o‘rin esa italiyalik Janluiji Buffonga nasib qildi, deb xabar bermoqda The Touchline. Bugungi kunda ham «qaymoqranglilar» safida o‘ynayotgan sobiq jamoadoshi Tibo Kurtua kuchli uchlikni yakunlab berdi, «Chelsi»ning chexiyalik sobiq darvozaboni Petr Chex to‘rtinchi o‘rinni egalladi, «Real» afsonalaridan biri Iker Kasilyas esa atigi beshinchi o‘rinni egalladi.
Eslatib o‘tamiz, Toni Kroos 2014-yildan 2024-yilgacha «qirollik klubi»da o‘ynagan, shundan so‘ng faoliyatini yakunlagan. Germaniyalik futbolchi avvalroq «Bavariya» sharafini himoya qilgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi