Live
5
O'zbek

FarDU futbolchisi Boburbek Farhodov mavsumning eng chiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi

Futbol
9 oktabr, 07:25
Farg‘onaliklar a’zosi mavsumning eng chiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi.
FarDU futbolchisi Boburbek Farhodov mavsumning eng chiroyli gollaridan biriga mualliflik qildi
Foto: PFL

Kuni kecha Proliga 21-turi doirasida Toshkentdagi JAR stadionida «Olimpik-Mobiuz» klubi fard-u jamoasini qabul qildi.

Gollarga boy bo‘lgan bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi. Mezbonlar safida Hamraboyev hamda Rejabaliyevning gollariga farg‘onaliklar Boburbek Farhodovning dubli bilan javob berishdi.

E’tiborli jihati, o‘yinning 68-daqiqasida o‘ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to‘pni Boburbek boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi, kiper to‘pni qaytarishga muvaffaq bo‘ldi va himoyachilardan chaqqonroq harakat qilgan Farhodov yotgan holda chayon uslubida gol urdi. Ushbu gol nafaqat turning balki mavsumning eng chiroyli gollaridan biri bo‘ldi. Gol videosini telegram kanalimiz orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Ta’kidlash lozim, 19-tur doirasida Respublika FAga qarshi o‘yinda ham Boburbek Farhodov dubl muallifiga aylangan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • FarDu FarDu
Bugungi yangiliklar