«Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2027-yilda «Liverpul»ga o‘tishga tayyor. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Fransua Galyardo xabar berdi.
«Liverpul» allaqachon futbolchining onasi va agenti Fayza Lamari bilan bog‘langan. Ma’lum qilinishicha, Angliya klublari orasida Mbappening asosiy tanlovi aynan «qizillar» hisoblanadi.
Galyardoning ta’kidlashicha, Mbappe «Real» kiyinish xonasida o‘zini qo‘llab-quvvatlashmayotganini his qilmoqda va bu unga noqulaylik tug‘dirmoqda.
Qayd etish lozim, hujumchi 2024-yil yozida «PSJ» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng erkin agent sifatida Madrid klubiga qo‘shilgan. Uning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Mbappe «Real» safida 111 uchrashuvda maydonga tushib, 94 ta gol urdi va 14 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq fransiyalik futbolchi 2026-yilgi «Oltin to‘p» sovrini uchun 30 nafar nomzoddan iborat ro‘yxatga kiritilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi