Milanning «Inter» klubi himoyachisi Karlos Avgusto bilan shartnomani uzaytirishga yaqin. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «Inter» 27 yoshli braziliyalik futbolchi bilan yangi mehnat shartnomasini ushbu yil oxirigacha imzolashni rejalashtirmoqda. Tomonlar yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Avgusto ushbu mavsumda barcha turnirlarda «Inter» safida 4 ta bahsda maydonga tushdi. Himoyachi ushbu bahslarda 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt mutaxassislari Avgustoning transfer qiymatini 23 mln yevroga baholamoqda.
Ma'lumot uchun, Karlos Avgusto «Inter»ga 2023-yilda «Monza» klubidan qo‘shilgan.