2023-yil 8-oktabr kuni «Barselona» hujumchisi Lamin Yamal asosiy jamoa safidagi ilk golini «Granada»ga qarshi bahsda kiritgan. Ispaniya chempionati doirasidagi ushbu bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan.
O‘sha bahsda 16 yoshli Yamal asosiy tarkibda maydonga tushib, 76 daqiqa harakat qilgan. U 45-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. Shu tariqa futbolchi La Ligada «Barselona» safida gol urgan eng yosh futbolchiga aylangan.
Yamal o‘shandan buyon barcha turnirlarda «Barselona» safida 159 ta bahsda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda 56 ta gol urib, 57 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma'lumot uchun, Yamal ayni vaqtda Transfermarkt talqiniga ko‘ra, dunyoning eng qimmat futbolchisi hisoblanadi. Uning transfer qiymati 220 mln yevroga baholanmoqda.