Live
1
O'zbek

«Real» Bellinghem bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda

Futbol
8 oktabr, 10:00
Madrid klubi 23 yoshli yarimhimoyachi uchun APL klublari taklif bilan chiqishi mumkinligini hisobga olmoqda.
«Real» Bellinghem bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images

«Real» yarimhimoyachi Jud Bellinghem bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda. The Touchline xabariga ko‘ra, Madrid klubi kelajakda Angliya Premyer-ligasi jamoalari futbolchi uchun taklif bilan chiqishi mumkinligini hisobga olmoqda.

Shu sababli «Real» Bellinghem bilan uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi shartnoma tuzmoqchi. Madrid klubi futbolchining kelajagini oldindan kafolatlash va APL klublarining ehtimoliy qiziqishiga qarshi choralar ko‘rishni maqsad qilgan.

Bir necha kun avval matbuotda «Real» Bellinghem bilan maoshi oshirilgan yangi shartnoma imzolashi haqida xabarlar tarqalgandi.

23 yoshli futbolchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028/29-yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan. Bellinghem «Real» safida 148 ta bahsda maydonga tushib, 49 ta gol urgan va 36 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Bellinghem 2023-yil yozida «Borussiya Dortmund»dan «Real» safiga ko‘chib o‘tgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar