Live
1
O'zbek

Luka Ranyeri «Fiorentina» bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
8 oktabr, 09:45
Italiya klubi 23 yoshli himoyachi bilan yangi kelishuvga erishdi. Shartnoma yana bir mavsumga uzaytirilishi ham mumkin.
Luka Ranyeri «Fiorentina» bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: Getty Images

«Fiorentina» o‘zining rasmiy sayti orqali himoyachi Luka Ranyeri bilan shartnoma uzaytirilganini ma’lum qildi. Yangi kelishuv 2029-yil yozigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomada uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Luka Ranyeri «Fiorentina» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi jamoaning asosiy tarkibida 164 ta bahsda maydonga tushib, 12 ta gol urgan va 6 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ranyeri 2025-yil yozida Italiya milliy jamoasida debyut qilgan. Biroq shundan buyon 23 yoshli futbolchi milliy jamoaga chaqirilmadi.

Ma’lumot uchun, «Fiorentina» ayni vaqtda Italiya chempionati turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar