Live
1
O'zbek

«Manchester Siti» yozda «Barselona» yulduzini transfer qilishdan voz kechgan

Futbol
8 oktabr, 10:30
Angliya klubi Frenki de Yongning tizzasidagi jarohat sabab transferni bekor qilgan.
«Manchester Siti» yozda «Barselona» yulduzini transfer qilishdan voz kechgan
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» o‘tgan yozda «Barselona» yarimhimoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirgan, biroq keyinchalik futbolchini transfer qilishdan voz kechgan. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi rahbariyati «Barselona» vakillari bilan aloqaga chiqqan. Ehtimoliy transferdan oldin «Manchester Siti» futbolchining tizzasidagi jarohat bilan bog‘liq tibbiy hujjatlar bilan tanishishni istagan.

Biroq hujjatlar o‘rganilgach, «Manchester Siti» de Yong transferi bo‘yicha ishlarni davom ettirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa niderlandiyalik yarimhimoyachining Angliya klubiga o‘tishi amalga oshmagan.

De Yong 2019-yildan buyon «Barselona» sharafini himoya qilib kelmoqda. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 297 ta bahsda maydonga tushib, 20 ta gol urgan va 31 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchining «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar