«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich jamoa bilan nima uchun shartnomasini uzaytirishga qaror qilganini tushuntirdi.
«O‘tgan mavsum davomida – hatto dekabr oyida ham istalgan vaqtda shartnomamni bir yilga uzaytirishim mumkin edi. Ammo avvalo o‘z tanamni tinglab, o‘zimni qanday his qilayotganimni, qanchalik istak va o‘yinga nisbatan qanchalik ishtiyoq borligini anglab yetishni xohladim», — deya Modrichning so‘zlaridan keltirmoqda Cadena SER nashri.
Ma’lumot uchun, Modrich 2025 yilning yozida «rossoneri» safiga kelib qo‘shilgandi. Shundan beri jamoa safida barcha turnirlar doirasida 37 ta bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.