Live
1
O'zbek

Eron chempionati. "Traktor" va "Istiqlol" safarda g'alaba qozondi

Futbol
18 avgust, 17:08
Hamrobekov va Ashurmatov o'z jamoalari safida to'liq o'ynadi.
Eron chempionati. "Traktor" va "Istiqlol" safarda g'alaba qozondi
Фото: Esteglal FC

Eron chempionatida 2-tur o'yinlari davom etmoqda. "Traktor" klubi mehmonda "Sepahon"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Bu bellashuvda Odil Hamrobekov bahsni asosiy tarkibda boshladi va maydonda 90 daqiqa harakat qildi.

"Istiqlol" esa safarda "Nassaji Mazandaran"ni minimal hisobda yengishga muvaffaq bo'ldi, - 1:0. Yagona gol Ozodi hisobiga yozildi. Tehronliklar safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov 90 daqiqa o'ynadi. Jaloliddin Masharipov esa zaxirada qoldirildi.

Eron chempionati. 2-tur
Sepahon – Trakor 0:2
Gollar
: Husaynzoda 83, 90+1.

Nassaji Mazandaran - Istiqlol 0:1
Gol:
Ozodi 86.

Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar