Braziliyaning "Korintians" klubi hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Avvalroq OAV klub niderlandiyalik 32 yoshli futbolchi hamkorlikni davom ettirishni rejalashtirmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq klub Depay bilan yangi shartnoma tuzishga qaror qildi.
Memfis 2024 yil sentyabridan buyon "Korintians" sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqt davomida u barcha turnirlarda 79 ta uchrashuvda maydonga tushib, 20 ta gol va 15 ta assist qayd etdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 7 million yevroni tashkil qiladi.