Live
4
O'zbek

«Korintians» Depay bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

Futbol
18 avgust, 11:19
Memfis Depay Braziliya klubida 2028 yil yozigacha qoladi.
«Korintians» Depay bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi
Foto: Getty Images

«Korintians» hujumchi Memfis Depay bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Niderlandiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma 2028 yil yozigacha amal qiladi. Muzokaralar yakunlanganidan so‘ng Depay jamoa ixtiyoriga qaytdi va seshanba kuni mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Klub hujumchining 20 avgust kuni Libertadores kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida «Rosario Sentral»ga qarshi maydonga tushishiga umid qilmoqda. Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki bahs 0:0 hisobida yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, Memfis Depay 2024 yildan buyon «Korintians» safida to‘p tepmoqda.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli hujumchi Braziliya klubi safida 79 ta uchrashuvda 20 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Corinthians Corinthians
Bugungi yangiliklar