Joze Mourinyo «Real» bosh murabbiyi lavozimiga qaytishi haqida fikr bildirdi.
«Bu uyga qaytish. Hissiy jihatdan bu safar birinchisidan ham ajoyibroq, chunki o‘shanda dunyoning eng yuqori darajasiga erishganimdan xursand bo‘lgan bo‘lsam, hozirgi tuyg‘ular ancha chuqur va ta’sirli.
Buni so‘z bilan ifodalash qiyin... Bu xuddi missiyaga o‘xshaydi. Gap o‘zim uchun qayg‘urish yoki ko‘p yoki kam sovrin yutish haqida emas. Men bu yerga barchaga yaxshiroq bo‘lishga yordam berish uchun keldim: futbolchilarga, xodimlarga... Mehnat, mas’uliyat, ambitsiya va «Real» sharafini himoya qilish madaniyatini yaratmoqchiman. Menga bu konsepsiya juda yoqadi», — dedi Mourinyo AS nashriga.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo «Real»ni avval ham 2010–2013 yillarda boshqargan.
Ma’lumot uchun, Mourinyo boshchiligidagi «Real»ning navbatdagi uchrashuvi 22 avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi