«Real» klubdagi an’anaviy taqdimot marosimini keskin o‘zgartirdi. Madridliklar jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyoni muxlislar va jurnalistlardan yiroqda, yopiq tadbirda tanishtirdi.
Klub an’anaviy tarzda ommaviy tadbir tashkil etish o‘rniga, Mourinyoning taqdimotini o‘z rasmiy platformalarida video orqali namoyish qildi. Tadbirdan keyin matbuot anjumani ham o‘tkazilmadi.
Goal nashri Ispaniyaning Sport gazetasiga tayanib xabar berishicha, bu o‘zgarish tashabbuskori «Real» prezidenti Florentino Peres bo‘lgan. U bundan buyon klubning yangi a’zolarini ommaviy taqdimotlar o‘rniga yopiq marosimlarda tanishtirishga qaror qilgan.
Ma’lumot uchun, Joze Mourinyo avval ham 2010–2013 yillarda «Real Madrid»ni boshqargan.
Eslatib o‘tamiz, «Real» La Liganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini 22 avgust kuni safarda «Espanyol»ga qarshi o‘tkazadi.