Superliga 18-turiga start berildi. Turning ilk bellashuvida "So'g'diyona" Zominda "Qizilqum"ni qabul qildi. Unda jizzaxliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Dastlab Doriev hisobni ochdi. Ikkinchi bo'limning 53-daqiqasida Otabek Jo'raqoziev muvozanatni tikladi. 75-daqiqada esa Zenan Zaymovich "So'g'diyona"ning g'alaba goliga mualliflik qildi.
Bu g'alabadan so'ng jizzaxliklar 24 ochko bilan 8-o'ringa ko'tarildi. "Qizilqum" esa 20 ochko bilan 12-pog'onada.
Superliga. 18-tur
So'g'diyona – Qizilqum 2:1
Gollar: Lupcho Doriev, 39 (1:0), Otabek Jo'raqoziev, 53 (1:1), Zenan Zaymovich, 75 (2:1)
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi