Live
4
O'zbek

Modrich: «Milan» «Real» bilan bir darajada»

Futbol
18 avgust, 11:33
Xorvatiyalik yarimhimoyachi «Milan»ni futbol olamidagi maqomi bo‘yicha «Real» bilan tenglashtirdi.
Modrich: «Milan» «Real» bilan bir darajada»
Foto: Getty Images

Luka Modrich o‘zining sobiq va hozirgi klublari haqida fikr bildirdi. Xorvatiyalik futbolchining fikricha, «Milan» futbol olamidagi maqomi bo‘yicha «Real» bilan bir darajada.

«Men dunyoning eng buyuk klubi bo‘lgan «Real»da o‘ynaganman. Ammo «Milan» ham u bilan bir darajada, deb hisoblayman. Bu yerga kelganingizda buni o‘zingiz ham tushunasiz», — dedi Modrich.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich «Real» safida 2012–2025 yillarda to‘p tepgan va keyin «Milan»ga o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 40 yoshli Modrich yozda «Milan» bilan shartnomasini 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi. Xorvatiyalik futbolchi 2018 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar