Leverkuzenning «Bayer» klubi markaziy yarimhimoyachisi Esekiel Palasios faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Taniqli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 27 yoshli argentinalik futbolchiga «Ipsvich» klubi qiziqish bildirmoqda.
Angliya elitasining yangi a’zosi «farmatsevtlar»ga rasmiy taklif bilan chiqqan va endi javob kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Palasios 2020-yildan buyon nemis klubi sharafini himoya qilib keladi. U o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 25 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Transfermarkt portali Palasiosning aktual transfer narxini 25 million yevroga baholamoqda. Futbolchining leverkuzenliklar bilan amaldagi shartnomasi esa 2030-yilgacha mo‘ljallangan.